Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) O‘zbekiston Respubikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentyabrdagi PF-474-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan.
Hozirda universitet tuzilmasida 3 ta fakultet- “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Xalqaro huquq” “Xalqaro munosabatlar” “Til ta’limi” markazi, Boshqaruv instituti, Diplomatik kurslar, Yuridik klinika, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot texnologiyalari va masofaviy ta’lim markazi, Axborot resurs markazi, Davlat boshqaruvi va ommaviy huquq tadqiqot markazi, Yapon va koreys tillari markazi, Muzokaralar laboratoriyasi, Tarjimonlarni tayyorlash markazi, Akademik litsey va 18 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda Universitetda 8 yo‘nalish bo‘yicha bakalavriat (5 yil) va magistraturadan (2 yil) hamda 3 ilmiy mutaxassislik bo‘yicha doktoranturadan (3 yil) iborat bo‘lgan 3 bosqichli ta’lim tizimi amalga oshirilmoqda. Shuningdek universitet talabalari 7 ta til kafedrasida 13 ta xorijiy til bo‘yicha tahsil oladilar.
FAKULTETLAR
Xalqaro munosabatlar fakulteti
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti
Xalqaro xuquq fakulteti
Til ta’limi markazi fakulteti
Manzili
54 Mustaqillik shoh ko'chasi, Тошкент 100007
Tabriklaymiz!