Navoiy davlat pedagogika instituti

Navoiy davlat pedagogika instituti

Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983-yil 25-iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O’zSSR Ministrlar Soveti va O’zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983-yil 27-iyuldagi  455-sonli Qarori bilan tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan. Institut tarkibida 2 ta fakultet (Fizika-matematika, O’zbek tili va adabiyoti) faoliyat olib borgan.Hozirgi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida 8 ta fakultet, 24 ta kafedra faoliyat ko’rsatadi. Institutda 27 ta`lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar, 17 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Talabalar kontingenti bakalavriat kunduzgi bo’limida 7755 nafar, magistraturada 180 nafar, sirtqi bo`limda 1152 nafar, maxsus sirtqi bo`limda 1053 nafar, jami institut bo`yicha 10140 nafarni tashkil etadi.

Navoiy davlat pedagogika instituti strukturasi (O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017- yil 5- dekabrdagi 897-sonli buyrug`i ilovasi bilan Navoiy davlat pedagogika instituti Ustavi hamda 2018-yil tuzilmasi tasdiqlangan. Institut Ustavi belgilangan tartibda Navoiy shahar “Yagona darcha” markazining 2017- yil 28-dekabrdagi 30-sonli qarori bilan Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) quyidagicha shakllantirildi: Rektor, Institut Kengashi, Jamoatchilik kengashi, Prorektorlar, O`quv-uslubiy boshqarma, Axborot texnologiyalari markazi, Magistratura bo`limi, Axborot resurs markazi, Sirtqi  bo`lim, Yoshlar bilan ishlash, mahnaviyat va ma`rifat bo`limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, Halqaro hamkorlik bo`limi, Tahririy-nashriyot bo`limi, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo`limi, Reja-moliya bo`limi, Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi, Xodimlar bo`limi, Monitoring va ichki nazorat bo`limi, Devonxona va arxiv, Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo`limi, Fakultetlar: (Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Tarix, O`zbek tili va adabiyoti, Chet tillar, San`atshunoslik, Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, Jismoniy madaniyat).Institutda to’liq shtat bo’yicha jami 453 nafar professor-o’qituvchilar ta`lim jarayonida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

FAKULTETLAR

Chet tillar fakulteti

Fizika – Matemetika fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti

Tarix fakulteti

Maktabgacha va boshlang’ich fakulteti

Pedagogika fakulteti

Tabiiy fanlar fakulteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

Manzili

Navoiy shahri, Ibn Sino 45