O‘zbek davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

O‘zbek davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

2017-yil 3-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini ta’minlash, respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayorlash sifatini tubdan oshirish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Sportchilar ko‘chasi, 19-uyga va Chirchiq olimpiya zaxiralari kolleji Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Chirchiq 50 yillik ko‘chasi, 14-uy manziliga joylashtirildi.

Chirchiq shahar V.Haydarov ko‘chasi, 1-uyda joylashgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bino va inshootlari hamda istirohat bog‘i O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga berildi.

Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etilishi belgilandi.

FAKULTETLAR

Futbol fakulteti

Gimnastika va sport psixologiyasi fakukteti

Ko’p kurash sport turlari fakulteti

Sport o’yinlari fakulteti

Yakka kurash sport turlari fakulteti

Manzili

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati Chirchiq shahar , Sportchilar ko'chasi 19