Qarshi davlat universiteti

Qarshi davlat universiteti

1945-yil 1-sentyabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial 1949-yil 27-oktyabrda ikki yillik o‘qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956-yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi “Yangi oliy o‘quv yurtlari tuzilishi haqida”gi Farmonini bajarilishi choralari haqida”gi 125-sonli Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi.

Universitetda 8 ta: Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Xorijiy tillar, Pedagogika, San’atshunoslik, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 37 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.

Universitetning 39 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 19 ta magistratura mutaxassisliklarida 2019-2020 o‘quv yili holatida 12200 nafar (shulardan, bakalavriatda -7636 nafar, maxsus sirtqida-2209 nafar, sirtqi ta’limda-1363 nafar, ikkinchi mutaxassislik-806 nafar, magistraturada 186 nafar) talaba tahsil olmoqda.

FAKULTETLAR

Xorijiy tillar fakulteti

Pedagogika fakulteti

Tabiiy fanlar fakulteti

Fizika-matematika fakulteti

O‘zbek filologiyasi fakulteti

Jismoniy madaniyat fakulteti

Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti

San’atshunoslik fakulteti

Manzili

Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17- uy