Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-fevraldagi qarori bilan 1975-yildan faoliyat ko‘rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995-yil 3-iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.

Ayni paytda institutda 6 ta fakultet Iqtisodiyot, Sanoat texnologiyasi, Kasb-ta’limi, Neft va gaz, Energetika, Muhandis texnika, 25 ta kafedra, “Axborot texnologiyalari” markazi, “Iqtidorli talabalar” markazi, institut qoshidagi 2 ta akademik-litsey faoliyat ko‘rsatmoqda. 30 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 5912 nafar bakalavrlar, 4 ta mutaxassisliklar bo‘yicha 100 dan ortiq magistrlar ta’lim olmoqda. Yoshlarga 350 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 15 nafari fan doktori, professorlar, 125 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Institutning ilmiy salohiyati 56,3 % ni tashkil qiladi.

FAKULTETLAR

Energetika

Iqtisodiyot

Neft va gaz

Kasb ta’limi

Muhandis texnika

Sanoat texnologiyasi

Manzili

Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko`chasi, 225 uy.