Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Toshkent arxitektura qurilish instituti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimovning 1991-yil 6-maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika institutining «Arxitektura”, «Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda «Muhandis qurilishi” fakultetlari negizida tashkil etilgan.
Bugungi kunda institutda «Arxitektura”, «Bino va inshootlar qurilishi”, «Muhandislik qurilish infrastrukturasi” va «Qurilishni boshqarish” fakultetlari mavjud bo‘lib, ularda «Dizayn”, «Arxitektura”, «Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish”, «Qiymat injiniringi”, «Geodeziya, kartografiya va kadastr”, «Bino va inshootlar qurilishi”, «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji”, «Gidrotexnika qurilishi” kabi 18 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4000 nafarga yaqin bakalavrlar hamda «Dizayn”, «Geodeziya va kartografiya”, «Bino va inshootlar arxitekturasi”, «Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash”, «Landshaftlar arxitekturasi”, «Bino va inshootlar qurilishi”, «Qurilishni tashkil etish texnologiyasi”, «Qurilish iqtisodiyoti”, «Gidrotexnika inshootlari”, «Ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish” kabi 17 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafarga yaqin magistrlar tayyorlanmoqda.
FAKULTETLAR
Qurilishni boshqarish fakulteti
Bino va inshootlar qurilishi fakulteti
Arxitektura fakulteti
Muhandislik qurilish infrastrukturasi fakulteti
Manzili
Toshkent sh, Navoiy ko'chasi 13-uy,
Tabriklaymiz!