Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-91-sonli qarori ga muvofiq tashkil etilgan.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyaini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2834-sonli qaroriga muvofiq Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga, buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berilgan.

TATU Qarshi filiali tarkibida bugungi kunda bitta “Kompyuter injiniring” fakulteti va fakultetda 6 ta kafedra
– “Axborot texnologayalari”
– “Dasturiy injiniring”
– “Axborot-ta’lim texnologiyalari”
– “Telekommunikatsiya injiniring”
– “Tabiiy va umumkasbiy fanlar”
– “Gumanitar va ijtimoiy fanlar”
kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.

Filialda 72 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat olib boradi, shundan 17 nafari ilmiy unvonga ega bo‘lib, filialda ilmiy salohiyat 23 foizni tashkil etadi. Filial professor-o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 34 yoshni tashkil etadi. Filial professor-o‘qituvchilarining 19 foizi ingliz tilida o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish qobiliyatiga ega, 10 nafar pedagog xodimlar xorijda malaka oshirgan.

Filialda 5 ta
– 5330500-“Kompyuter injiniringi”
– 5330600-“Dasturiy injiniring”
– 5350100-“Telekommunikatsiya texnologiyalari”
– 5350400-“ AKT sohasida kasb ta’limi”
– 5330300-“Axborot xavfsizligi”
bakalavr ta’limi yo‘nalishlari va bitta 5A330501-“Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalash)” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Filial talabalar kontingenti 898 nafar talabadan iborat bo‘lib, shundan 4 nafari 2-kurs magistratura talabalarini tashkil etadi.

2016-2017 o‘quv yilida 5330300 -“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi ochilgan.

Manzili

Qarshi shahri, Beshkent yo'li 3-km