Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida Toshkent davlat pedagogika universiteti filialini tashkil etish uchun jarayonlar 2017- yildan boshlandi.
Universitet filialini tashkil etish uchun asosiy qadam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2018-yilning 13-14- dekabrida Qashqadaryo viloyatga tashrifidan so‘ng qo’yildi. Prezidentimiz uchrashuv mobaynida viloyat aholisining “Mening fikrim” veb portaliga Shahrisabz shahrida oliy o‘quv yurtining filialini ochish bo‘yicha yuborgan taklifi yuzasidan mutasaddilarga Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiallarini tashkil etish topshirig‘ini berdi.
Tashkil etish ko‘zda tutiliyotgan filiallarga bazaviy oliy ta’lim muassasalaridan yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilib, o‘quv jarayoni 2019-2020 o‘quv yilidan boshlanishi belgilandi. Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filialida maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2019- yil 4- sentabrdan maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishlari, xorijiy tillar (ingliz tili) va ona tili adabiyoti rus tili adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda yo‘nalishlarida filial o‘z faoliyatini boshladi.
Manzili
Qashqadaryo viloyati , Shahrisabz shahri
Tabriklaymiz!