Toshkent davlat texnika universiteti

Toshkent davlat texnika universiteti

1918-yilda tashkil topgan Turkiston xalq universitetining “Texnika” fakulteti tarkibida “Elektromexanika” bo’limi ochilgan bo’lib, unda mexanik muhandislar ixtisosligi bo’yicha kadrlar tayyorlab chiqarish ham mo’ljallangan edi. 1920-yilda fakultet davlat universiteti maqomiga ega bo’lgach, unda “Maxsus mexanika” bo’limi ta’sis etilib, 69 talaba taxsil ola boshladi.

Oʻzbekiston Prezidentining 1991-yil 30-apreldagi farmoniga asosan Vazirlar Mahkamasi 1991-yil 13-mayda qabul qilgan 130-sonli qarori bilan Toshkent politexnika instituti va Toshkent mashinasozlik instituti birlashtirilishi zaminida vujudga keldi. Ayni vaqtda Vazirlar mahkamasi ToshPIning sanoat-fuqarolik qurilishi, qurilish muhandisligi, meʼmorchilik fakultetlarini birlashtirib — Toshkent meʼmorchilik — qurilish instituti, kimyo- texnologiya, oziq-ovqat texnologiyasi fakultetlarini birlashtirib — Toshkent kimyo-texnologiya instituti tashkil etish haqida ham qaror qabul qilgan boʻlib, amalda ikki institutni birlashtirib, uchta mustaqil oliy texnika oʻquv yurtlari- Toshkent davlat texnika universiteti,Toshkent me’morchilik–qurilish instituti, Toshkent kimyo–texnologiya instituti tashkil etilgan edi. Navbatdagi qayta qurishlardan Toshkent politexnika institutining: “geologiya-qidiruv” , “kon-metallurgiya”,  “avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari”, “sanoat energetikasi”, “neft va gaz”, “radioelektronika va avtomatika”, “energetika fakultetlari”.  Toshkent mashinosozlik institutining: 1) mexanika; 2) tehnologiya; 3)mashinalar va apparatlarni konstruksiyalash; 4) traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi fakultetlari bilan qoʻshilib, yangi — Toshkent davlat texnika universiteti tarkibi yaratildi va yangi maqomda amal qila boshladi.

FAKULTETLAR

Muhandislik texnologiyalari fakulteti
Muhandislik geologiyasi va konchilik ishi fakulteti
Mashinasozlik fakulteti
Elektronika va avtomatika fakulteti
Energetika fakulteti
Fakultetlararo umumta’lim kafedralari fakulteti
Mexanika fakulteti

Manzili

Toshkent shahri, Universitet ko`chasi 2-uy