Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent davlat yuridik universiteti
Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):
- Davlat huquqiy faoliyati;
- Fuqarolik huquqiy faoliyati;
- Jinoyat huquqiy faoliyati;
- Xalqaro huquqiy faoliyat;
- Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).
Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):
- «Davlat boshqaruvi huquqi»;
- «Soliq va bojxona huquqi»;
- «Biznes huquqi»;
- «Xalqaro tijorat huquqi»;
- «Shartnoma huquqi»;
- «Korporativ huquq»;
- «Tabiiy resurslar huquqi»;
- «Mehnat huquqi»;
- «Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti»;
- «Sud ekspertizasi va kriminalistika».
FAKULTETLARI
Yurisprudensiya
Manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100047. Toshkent sh., Sayilgoh ko‘ch., 35 uy
Tabriklaymiz!