Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923-yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo’limi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923-yilda 24 nafar talaba agranom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo’lishgan. 1929-yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xo’jaligi fakultetlari ochilib O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi.

1934-yilda o’rta osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti o’rta osiyo qishloq xo’jaligini irrigatsiyalash va mehanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu yilning 11-noyabridan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va mehanizatsiya fakultetlari bo’lgan.

2004-yil 30-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi.

Institut zamon talablariga javob beradigan to’rtda o’quv, uchta o’quv laboratoriya binolari, zamonaviy o’quv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming o’ringa yaqin ahborat resurs markazi 1200 o’rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o’rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog’iga ega. Institut jamoasining asosiy e’tibori ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo’jaligi uchun yuqori malakali mutaxasislarni tayorlashga qaratilgan.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.

FAKULTETLARI

Gidromelioratsiya fakulteti

Gidrotexnika qurilishi fakulteti

Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash fakulteti

Qishloq va suv xo’jaligi energiya ta’minoti fakulteti

Yer resurslarini boshqarish fakulteti

Suv xo’jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti

Manzili

Тошкент шаҳар, Қори Ниёзий кўчаси, 39-уй