Toshkent kimyo-texnologiya instituti

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-maydagi 203-sonli Farmoniga binoan sobiq Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kimyoviy texnologiya va muhandislik texnologiyasi fakultetlari negizida tashkil topdi.

Sobiq O’rta Osiyo davlat universitetining kimyo fakultetiga qarashli bo’lgan kimyo texnologiya bo’limida 1934-yili birinchi marotaba “Silikatlar texnologiyasi” mutaxassisligi bo’yicha 5 nafar, “Yog’lar texnologiyasi ” mutaxassisligi bo’yicha 7 nafar, “Charm-dubil ekstraktlari texnologiyasi ” mutaxassisligi bo’yicha 3 nafar, 1939 yilgacha 192 nafar injener texnologlar tayyorlandi. Toshkent kimyo-texnologiya instituti tarixi 1940-yilda kimyo texnologiya fakultetini tashkil etish bo’yicha e’lon qilingan xukumat qaroridan boshlanadi. Institutda tahsil olganlardan 5 nafari O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining akademigidir. Kadrlar tayyorlash dastlab 3 ta mutaxassislikda olib borilgan bo’lsa, hozirgi kunda 10 ta ta’lim yo’nalishida bakalavrlar, 27 ta mutaxassislik bo’yicha raqobatbardosh magistrlar etkazib berilmoqda. Institut tarkibida 5 ta fakultet, 2 ta o’quv – uslubiy markaz, 26 kafedra, ixtisoslashtirilgan litsey, 12 ta ilmiy – tadqiqot laboratoriyalari va «Kimyogar» ilmiy – texnologik parki faoliyat yuritmoqda.

Hozirgi kunda TKTI Respublikamiz oliy talim tizimida malakali kadrlar tayyorlab beruvchi yirik tayanch oliy o’quv yurtlaridan biri bo’lib hisoblanadi. O’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya va boshqa ishlarda erishgan yutuqlari tufayli yuqori reyting ko’rsatkichlari bilan oliy o’quv yurtlari orasida munosib etakchi o’rinni egallab turibdi.

FAKULTETLAR

Menejment va kasb ta’limi fakulteti

Oziq – Ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti

Noorganik moddalar texnologiyasi fakulteti

Yoqilg’i va organik birikmalar kimyoviy texnologiyasi fakultet

Manzili

Toshkent sh. Navoiy ko’chasi, 32 uy