Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

 

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

O`rta Osiyoda yagona Toshkent Pediatriya Tibbiyot instituti Sobiq Ittifoq davrida 1972 yilda O`rta Osiyo Pediatriya tibbiyoti instituti nomi bilan tashkil topgan Institutni ochish to’g’risidagi Ittifoq Ministrlar Soveti qarorining asl nusxasida: «Toshkent shaxrida O`rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya institutini tashkil etish haqida: 1972 yilda Toshkent shaxrida Ittifoq Sog’liqni Saqlash Vazirligining Toshkent va Andijon Tibbiyot institutlari Pediatriya fakultetlari bazasida O`rta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti tashkil etilsin», deb yozilgan Institut uchun, dastlab Toshkent shaxridagi 5- yuqumli kasalliklar kasalxonasi, xozirgi ToshPTI yotoqxonasi va kattalar klinikasi joylashgan bino ajratildi. Institutning rasmiy ochilishi 1972 yil 7 sentyabrda bo`lib o`tdi va uning nomi O`rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti – SAMPI deb yuritila boshlandi.

Sog’liqni saqlash vazirligining 1988-yil 22-martdagi 226-sonli buyrug’I bilan, institut O‘zbekiston So‘gliqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazilib, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti deb nomlana boshladi.

FAKULTETLARI

1-Pediatriya ishi fakulteti

2-Pediatriya ishi fakulteti

Oliy hamshiralik ishi fakulteti

Tibbiy-pedagogik va davolashishi fakulteti

Manzili

Toshkent shahar,Yunusobod tumani Bog`ishamol ko`cha 223