Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3629 sonli farmoni asosida tugatilgan Birinchi va Ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlarining negizida yuqori malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash sifatini oshirish va tashkil etishni takomillashtirish, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy talablariga javob beradigan zaruriy o‘quv va moddiy-texnik bazani yaratish, uni progressiv ta’lim texnologiyalarini kiritish asosida yangi mazmun bilan boyitish, bo‘lg‘usi mutaxassislar o‘qitilishini tibbiyot amaliyotining muayyan ko‘nikmalari bilan birga egallashini bog‘lash maqsadida tashkil etildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat Test Markazi tomonidan 2008-yilning 31-martida berilgan 8-sonli sertifikatiga asosan oliy ta’lim muassasasi maqomiga ega.

FAKULTETLAR

  • Davolash fakulteti
  • Tibbiy-pedagogika fakulteti
  • Tibbiy-profilaktika fakulteti
  • Oliy ma’lumotli hamshiralar fakulteti
  • Malaka oshirish fakulteti
  • Harbiy-tibbiy fakultet

Manzili

Тошкент ш., Форобий кўчаси 2 уй